06 jan 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Garsiyaning fikricha, Lomachenko undan qo'rqadi
Amerikalik mashhur bokschi Mayki Garsiya WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko haqida fikr bildirdi.
Garsiyaning aytishicha, ukrainalik jahon chempioni Mayki bilan jang qilishdan o'zini olib qochmoqda. Bu bilan undan qo'rqayotganini bildirib qo'ymoqda.
“Lomachenko meni 2016 yilda Nikolas Uoltersni mag'lub etganidan beri ringga chorlaydi. Lekin har safar boshqa bokschi bilan jang o'tkazadi. Yaqinda Pedrasaga qarshi ringga chiqdi. Nima uchun 2018 yilning final jangiga mening variantimni tanlamadi? CHunki, u qo'rqadi”, - dedi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, Mayki Garsiya 16 mart kuni AQSHning Arlington shahrida yarim o'rta vazn toifasida IBF chempioni Errol Spensga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar