04 fev 08:20
Yangiliklar
![](/upload/storage/28018_220.jpg)
Gassiev ikkinchi finalchi, u raqibini so'nggi soniyalarda nokaut qildi
Rossiyaning Sochi shahrida o'tkazilgan chempionlik jangida rossiyalik Murat Gassiev kubalik Yunier Dortikosga qarshi ringga ko'tarildi. Jang g'olibini finalda ukrainalik Aleksandr Usik kutib turgandi. U Riga shahrida o'tgan ilk yarim final jangida lavtiyalik Mayris Briedisni mag'lub etgandi.
O'n ikki raundga belgilangan jangning so'nggi soniyalari
o'tib borayotgan bir paytda birinchi og'ir vaznda IBF chempioni bo'lgan Gassiev raqibini
ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Gong yangrashi oldidan referi WBA
chempioni Dortikos jangni davom ettira olmasligini malum qildi.
SHu
tariqa, Murad Gassiev bir yo'la ikkita jahon chempionlik kamari sohibiga aylanish
barobarida Superseriyaning finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Final jangi may
oyida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar