30 iyu 16:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Gassiev superog'ir vaznda o'zini ajoyib his qilmoqda
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murat Gassiev superog'ir vazndagi debyut jangiga ajoyib tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bu haqida uning murabbiyi Abel Sanches malum qildi.
«Murat Daveykoni muddatdan avval mag'lub etsa ajoyib bo'lardi. Bunday g'alaba orqali Murat o'zini superog'ir vaznning top bokschi ekanligini isbotlashi mumkin. Murat o'zini ajoyib his qilmoqda, hozirda har qachongidan ham ko'ra kuchli ko'rinmoqda. Gassievning ajoyib tezligi bor. Uning superog'ir vazndagi debyut jangi uchun raqib juda kuchli, Daveyko hali bir marta ham nokaut bilan mag'lub bo'lmagan. Agar Murat raqibini nokaut qila olsa, u o'shanda barchaga kuchli bokschi ekanligini isbotlaydi»-deb fikr bildirgan Sanches.
Eslatib o'tamiz, Gassiev-Daveyko jangi 27 iyul kuni AQSHda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar