03 fev 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27928_220.jpg)
Gassiev vs Dortikos. Bokschilar taroziga chiqishdi, bugun jang!
Bugun Butunjahon boks Superseriya (WBSS)sining ikkinchi yarim finalidan o'rin olgan jang bo'lib o'tadi.
Rossiyaning Sochi shahrida o'tkaziladigan chempionlik jangida rossiyalik Murat Gassiev kubalik Yunier Dortikosga qarshi ringga ko'tariladi. Jang g'olibini finalda ukrainalik Aleksandr Usik kutib turibdi. U Riga shahrida o'tgan ilk yarim final jangida lavtiyalik Mayris Briedisni mag'lub etgandi.
Kecha ikkinchi yarim final ishtirokchilari tarozidan o'tish
marosimida ishtirok etishdi. Ikkala chempion ham belgilangan vazn (90,7 kg) meyorini
bajarishdi. Birinchi og'ir vaznda IBF chempioni bo'lgan Gassiev 199,2 funt (90,35
kg), WBA chempionlik kamari sohibi Dortikos esa 200 funt tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar