04 noy 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21978_220.jpg)
Gassiev vs Dortikos. Jang sanasi malum qilindi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni rossiyalik Murat Gassiev Butunjahon boks Superseriyasi yarim finali doirasidagi o'z jangining qachon o'tkazilishini oshkor qildi.
Unga ko'ra, rossiyalik jahon chempionining Yunier Dortikosga qarshi jangi 20 yanvar kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi. Avvalroq, Gassiev Dortikos bilan xatto oyda jang qilishga ham tayyor ekanligini aytgandi.
“Jang 20 yanvar kuni Mayamida bo'lib o'tadi. Dortikos
bilan jangim ancha qiziqarli o'tishiga shubham yo'q. U kuchli zarbaga ega. Qo'llari
ham ancha uzun”, – dedi Gassiev rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar