07 dek 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/6458_220.jpg)
Gassievga SHimoliy Osetiyada 3 xonali kvatira sovg'a qilishdi
Rossiyalik bokschi, birinchi og'ir vazn toifasida IBF yo'nalishining yangi chempioni Murat Gassievga SHimoliy Osetiyada 3 xonali kvartira sovg'a qilishdi.
Gassiev o'tgan haftaning so'nggida endilikda ushbu yo'nalishning sobiq chempioni Denis Lebedevni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, IBF kamarini qo'lga kiritgan edi.
“Murat o'z g'alabasi bilan SHimoliy Osetiya dovrug'ini dunyoga tanitdi. U o'z g'alabasini aynan SHimoliy Osetiyaga bag'ishlaganini malum qildi. Bu g'alaba yoshlarimizning sportga yanada ko'proq qiziqishiga sabab bo'ladi”, – dedi SHimoliy Osetiya rahbari Vyacheslav Bitarov.
Uch xonali kvartiradan tashqari, Murat Gassiev va uning murabbiyi Vitaliy Slanov “Osetiya shon-shuhrati uchun” ordeni bilan ham taqdirlanishgan edi.
Havola :
Fikrlar