18 avg 17:30
Yangiliklar
Tennis

Genesis Trading Cup. Fomin ikkita uchrashuv o'tkazdi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 91,250 evroni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Genesis Trading Cup turnirining saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi saralashning 2 soatu 24 daqiqa davom etgan 1/2 final bahsida mezbonlar vakili Yanaki Milevni 6/4, 3/6, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Afsuski, saralash bahslarida 12-raqam ostida tasniflangan tennischimiz asosiy to'rga yo'llanma bergan final uchrashuvida xorvatiyalik Nino Serdarushichga 5/7, 0/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda ATP reytingida 481, Serdarushich 1085, Milev 718-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar