20 mar 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkin "Golden Boy" kompaniyasini sudga berdi, u 3 million dollar istamoqda
Qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkin "Golden Boy" promouterlik kompaniyasini sudga berdi.
Golovkin tomoni 2018 yilda Saul Alvaresga qarshi revansh jangida daromad noto'g'ri taqsimlanganini davo qilib, 3 million dollar qo'lga kiritmoqchi.
O'shanda jang oqshomi "Golden Boy" va Golovkinning o'ziga tegishli "GGG Promotions" kompaniyalari tomonidan tashkil etilgandi.
Eslatib o'tamiz, Golovkin navbatdagi jangini 9 aprel kuni yaponiyalik Ryoto Murataga qarshi o'tkazadi. Alvares esa 8 may kuni rossiyalik Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar