18 mar 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkin va Deniel Jeykobs taroziga chiqishdi
AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi oldidan bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC va IBF yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda amerikalik Deniel Jeykobs o'rtasida o'tkaziladi.
Bokschilar belgilangan vazn (72,6 kg) meyorini bajarishdi. Golovkin 72,4, Jeykobs esa 72,5 kg tosh bosdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar