13 mar 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkin: "Yana oltita jang o'tkazaman"
O'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin DAZN striming servisi bilan shartnoma imzolash marosimida rejalariga ham to'xtalib o'tdi.
Kelishuvga ko'ra, Golovkin uch yil davomida oltita jang o'tkazishi kerak bo'ladi. Bu yiliga ikkitadan jang deganidir. Golovkinga tegishli GGtG Promotions promouterlik kompaniyasi esa DAZN uchun 2020 va 2021 yillarda ikkita boks shousini tashkil qilib beradi.
"Men erkin agent sifatida DAZN bilan shartnoma imzoladim. Bu men uchun eng to'g'ri qaror bo'ldi. Ochig'ini aytaman, menda boshqa takliflar ham bor edi. Lekin men eng yaxshisini tanladim. DAZN bilan kelishuvimiz asosidagi ilk jang iyun oyida bo'lib o'tadi. Kamida oltita jang o'tkaza olaman. O'zimni juda yaxshi xis qilyapman", - dedi Golovkin.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar