11 mar 10:50
Yangiliklar

Genri Cexudo: "Men Xollueyni mag'lub etib, Volkanovski bilan uchrashishni xohlayman"
“Agar men hali ham qaytish imkoniyatiga ega bo'lsam, unda menga Maks Xollueyni bering. Agar UFC menga Aleks Volkanovski bilan chempionlik jangini berishni istamasa, hech bo'lmaganda Xollouey bilan jang qilishimga ruxsat bering. Agar UFC rahbariyati meni chempion bilan jang qilish imkoniyatiga loyiq bo'lishimni istasa, Maks buning uchun eng zo'r nomzod. Men uni mag'lub eta olishimni bilaman va shundan keyin Aleks bilan uchrashaman.
Xolloueyning bu haqidagi fikri menga qiziq. Men Maksni hurmat qilaman, lekin uni kaltaklash mumkinligini bilaman. U xavfli jangchi, shuning uchun menga u bilan jang qilish varianti yoqadi. O'ylaymanki, u ham meni jiddiy qabul qiladi. Bu men borishni istagan yo'l", - dedi Cexudo.
Fikrlar