24 noy 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Germaniyada kikboksing bo'yicha rossiyalik jahon chempioni otib ketildi
Germaniyaning Noy-Ulm shahrida rossiyalik sportchi Musa Musalaev o'ldirib ketildi. Musa kikboksing sport turida bir necha karra jahon chempioni edi.
Qotillik 18 noyabr kuni sodir etilgani xabar qilindi. Augsburger nashrining xabar berishicha, Musalaev o'z uyining kiraverishida otib ketilgan.
Niqob kiyib olgan qotil avtomobilda voqea joyidan qochishga ulgurgan. Hozircha qidiruv ishlari olib borilyapti. Xabarda aytilishicha, Musalaev “rus mafiyasi”ga aloqador bo'lgan.
Havola :
O’xshash yangiliklar
14:31
Abbosbek Fayzullaev o'zaro o'yinda O'zbekiston Rossiyani mag'lub etadimi degan savolga javob berdi 0
Fikrlar