13 iyu 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15720_220.jpg)
Germaniyadagi JCHda Qozog'iston ham O'zbekiston kabi 10 nafar bokschi bilan ishtirok etadigan bo'ldi
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi azolari Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida JCH uchun 9 na yo'llanma yutib olgandilar.
Ammo, yaqinda Qozog'iston boks federaciyasiga AIBA nomidan xat keldi. Unda yozilishicha, indoneziyalik bokschi Kornelius Kvang Lang (-49 kg) Gamburgdagi jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortibdi.
U JCH yo'llanmasini qozog'istonlik Jomart Erjanga qarshi jangda yutib olgandi.
Qoidaga binoan, JCHda ishtirok etish huquqidan voz kechgan bokschining yo'llanmasi reytingda undan keyingi sportchiga o'tadi.
SHu tariqa, Jomart Germaniyadagi jahon chempionatiga boradigan bo'ldi. Bu degani, Qozog'iston terma jamoasi jahon chempionatida to'liq - 10 kishilik tarkib bilan ishtirok etadi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar