14 noy 12:07
Yangiliklar

GFC 20. Nursulton Ro'ziboevning raqibi rasman tasdiqlandi
UFC yulduzi Xabib Nurmagomedov faxriy mehmon bo'ladigan ushbu oqshom doirasida 14 ta jang o'tkaziladi. Qiziqarli janglardan biri hamyurtimiz Nursulton Black Ro'ziboev ishtirokida bo'lib o'tadi.
CHechenistonning "Ahmad" klubi safida yorqin janglari bilan mashxurlikka erishgan Nursulton "Humo Arena"da o'tadigan kechada ukrainalik Artyom SHokalogo qarshi oktagona chiqadi. Jang 83.9 kg vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, 25 yoshli Artyom SHokalo MMAdagi professional faoliyatini 2011 yilda boshlagan. SHu kungacha 46 ta jang o'tkazib, 24 g'alaba va 22 mag'lubiyat qayd etgan. ACA, MG, FNG promoushenlari tashkil etgan turnirlarda oktagonga chiqqan.
Darvoqe, Nursulton Ro'ziboevning ajoyib janglaridan ilxomlangan CHecheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Kadirov hamyurtimizga avtomobil sovg'a qilgan edi.
Fikrlar