01 dek 08:13
Yangiliklar
G'ofur Rahimov AIBA prezidentligidan ketishga tayyor
Bu haqda Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi, AIBA ijroqo'mi azosi Umar Kremlyov xabar berdi.
Xabar berganimizdek, Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) kecha Tokioda o'z ishini boshlagan tashkilotning Ijroqo'm yig'ilishida AIBAning Tokio-2020 olimpiya o'yinlari doirasidagi boks turnirini o'tkazish rejalarini muzlatib qo'ygan edi.
Qo'llanilgan bu sankciya AIBA faoliyatiga chek qo'yishi ham mumkin.
“O'ylashimcha, boks Olimpiada dasturidagi o'rnini saqlab qolish uchun imkoniyatga ega. Ayni paytda AIBA barqaror moliyaviy taminotga ega. SHu paytgacha yig'ilib qolgan muammolar yangi rahbariyat tomonidan bartaraf etildi. Milliy federaciyalar noyabr oyi boshida o'tkazilgan saylovda o'z tanlovlarini amalga oshirishdi. XOQ buni hurmat qilishi kerak. Agar vaziyat shu tarzda davom etadigan bo'lsa, G'ofur Rahimov o'zi avval aytganidek, AIBA prezidentligidan ketishi mumkin”, - dedi Kremlyov.
Fikrlar