27 jan 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA

G'ofur Rahimov: "AIBAning nufuzini saqlab qolish uchun barcha bilan hamkorlik qilaman"
AIBAning Dubayda o'tkazilgan navbatdan tashqari kongressida hamyurtimiz G'ofur Rahimov tashkilotning vaqtinchalik prezidenti etib tayinlandi.
Tayinlovdan so'ng Rahimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ijro qo'mitaning barcha azolariga ishonch uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Franko, do'stim. Sen AIBAni qutqarib qolding.
Men 20 yil ichida vice-prezident sifatida faoliyat olib bordim. Biz sevimli sportimizni asrab qolish uchun qattiq ishlashimiz kerak. SHaffoflik namoyish etishimiz lozim. Bokschilar bokschi ekanligidan faxrlanishlari lozim. Men AIBAning nufuzini saqlab qolish uchun barcha bilan hamkorlik qilaman", - dedi G'ofur Rahimov AIBA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar