27 iyu 22:43
Yangiliklar
Boks/MMA
G'ofur Rahimov saylovsiz AIBA rahbarligiga qayta olmaydi
Xalqaro boks associaciyasining (AIBA) sobiq prezidenti G'ofur Rahimov qayta saylovlarsiz o'z lavozimiga qayta olmaydi.
Tashkilot ijroqo'mi ana shunday qarorga keldi. Bu bo'yicha AIBAning 13 nafar ijroqo'm azosi o'z ovozini berdi. Ulardan bir nafari ushbu qarorga qarshi bo'ldi, sakkiz azo esa betaraf qoldi.
Mart oyida Rahimovning o'rnini egallagan AIBAning vaqtinchalik prezidenti Muhammad Mustaxsan ijroqo'm azolarining istefo talabiga qaramay, o'z lavozimida qolishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, kecha Xalqaro olimpiya qo'mitasi AIBAni chetlatgandi. Tashkilot faqatgina Tokio olimpiadasidan so'ng o'z statusini tiklashi mumkin.
Havola :
Manba : Inside The Games
Fikrlar