01 jan 11:53
Yangiliklar

G'oibnazarov afsonaviy Freddi Rouch qo'l ostida mashg'ulot o'tkazdi FOTO + VIDEO
Fazliddin mashg'ulotlarning birida afsonaviy murabbiy, ko'plab mashhur jahon chempionlariga ustozlik qilgan Freddi Rouch bilan birga ishladi. Rouch G'oibnazarov bilan “lapa”da mashg'ulot o'tkazdi va qimmatli maslahatlarini berdi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz 18 yanvar kuni AQSHda Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko'tariladi. Fazliddin shu kungacha professional boksda 6ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Uning raqibi Rikardo Garsiya esa 19 marotaba prof ringda jang qilgan. 14ta jangda raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan. Yana 9 tasida raqiblarini nokaut hisobisha yutgan. Qolgan 4 ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, bitta bahsda esa durangga erishgan.
Fikrlar