15 apr 12:44
Yangiliklar

G'oibnazarovning murabbiyi: Fazliddinga kuchli raqib so'rab charchadik
Fazliddin sakkizinchi jangida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko'tariladi. Bu baland bo'yli bokschini yana bir hamyurtimiz SHohjahon Ergashev ham mag'lub etgan edi. Biz raqib aniq bo'lgach, Fazliddinning murabbiyi Abror Tursunpo'latov bilan bog'landik va bir nechta savollarga javob oldik.
"Fazliddinning raqibini men ham, uning o'zi ham bugun bildik. Bizga promouterlar bu xabarni etkazishdi. Kim bilan jang tashkil qilib berishsa, o'sha bokschi bilan jangga tayyorgarlik ko'ramiz, ringga chiqamiz. Hozir Tusondamiz, Maykl Foksga qarshi jang ham shu shaharda o'tkaziladi.
Foks SHohjahon Ergashevga yutqazgan. Raqibni jiddiy tarzda o'rganyapmiz. Uning bo'yi Fazliddindan 25 santimetrcha balandroq. Birgina noqulaylik tug'diradigan jihati ham shu. Ochig'i, promouterlardan kuchli raqib so'rab charchadik. Mayli, bu jangda g'alaba qozonib olsa, reytingda ancha ko'tarilib oladi. Keyingi janglari kuchli bokschilarga qarshi kechadi", - dedi Tursunpo'latov.
Fikrlar