29 avg 08:00
Yangiliklar

G'oibnazarovning raqibi meksikalik bokschi, jang 22 sentyabr kuni o'tkaziladi
Hamyurtimiz 22 sentyabr kuni AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida faoliyatidagi uchinchi jangida ringga ko'tariladi. Uning raqibi meksikalik Viktor Rosas bo'ladi. Jang 8 raundga belgilandi.
10 oktyabr kuni 30 yoshga to'ladigan Rosas profi ringda 15 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 9 tasida g'alabaga erishgan. Uchta jangni nokaut bilan yakunlagan. Mag'lubiyatlari soni 6 ta. Bir bor nokautga uchragan.
Eslatib o'tamiz, G'oibnazarov mashhur promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi bayrog'i ostida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Malumot uchun, hamyurtimiz o'zining so'nggi jangini 20 may kuni AQSHning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida o'tkazib, amerikalik Agustin Maurasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar