16 dek 09:07
Yangiliklar

G'oibnazarovning raqibi yana o'zgardi, u bugun ukrainalik bokschiga qarshi ringga chiqadi
CHarm qo'lqop ustamiz Qozog'istonning Almati shahrida tashkil etilayotgan professional boks kechasida ringga ko'tariladi. Uch kun avval G'oibnazarovning raqibi o'zgarib, argentinalik Mauro Maksimiliano Godoy o'rniga meksikalik Xaver Merkado tayinlangandi.
Ajablanarlisi, jangga bir kun qolganida Fazliddinning raqibi yana o'zgardi. Unga ko'ra, bugun hamyurtimiz ukrainalik Vladislav Baranovga qarshi jang o'tkazadi. 24 yoshli Baranov prof ringda 13 ta jang o'tkazgan. Hisobida 6 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 2 ta durang natija bor. To'rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Fazliddin G'oibnazarov esa shu kungacha prof boksda 8 ta jang o'tkazgan va ularning 7 tasida g'alaba qozongan (4 ta nokaut). Bitta jangda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Fikrlar