So’nggi yangiliklar

15:28"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди 0 15:06Хамзат Чимаев UFC 319дан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин — Кайо Борральо 0 14:41"World Taekwondo Diamond Games": Мусобақани олтин медал билан бошладик! 0 14:20Иноуэ Аҳмадалиев билан жанги анонсига муносабат билдирди 0 13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0 13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0 12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0

21 mar 08:47
Yangiliklar

Boks/MMA

G'oipov va Abduraimov Ekaterinburgga jo'nab ketdi FOTO

Professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo'lqop ustalarimiz Mahmud G'oipov va Elnur Abduraimov o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazish maqsadida Ekaterinburg shahriga yo'l olishdi.

Hamyurtlarimiz tajribali mutaxassis, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligida safarga otlanishdi. Har ikki bokschimiz 23 mart kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida prof boksdagi uchinchi janglarini o'tkazishadi. 

G'oipovning raqibi rossiyalik Zurab CHaniev bo'ladi. 27 yoshli CHaniev 7ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 4tasida g'alaba qozongan. Ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, bittasi nokaut bilan. Yana bir jangda durang qayd etilgan. 

Mahmud G'oipov esa ikkita jang o'tkazgan va har ikkisida raqiblarini mag'lub etgan. Hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangida armanistonlik Artush Xovxannisyanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Elnur Abduraimov ham mezbon bokschiga qarshi ringga ko'tariladi. Uning raqibi Dmitriy Xasiev bo'ladi. Xasiev shu kungacha 11ta jang o'tkazgan. Janglarining 8 tasida g'alaba qozongan (2 ta nokaut). Bitta jangda mag'lubiyatga uchragan va 2 ta durang qayd etgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing