So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

19 mar 15:24
Yangiliklar

Kurash

G'oliblar jahon chempionatiga boradi FOTO

Navoiy shahridagi Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sport majmuasida belbog'li kurash bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur mamlakat chempionatida Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin polvonlar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida g'oliblik uchun bellashishdi. 

Milliy sport turi sanalagan belbog'li kurashni yanada ommalashtirishda yaqindan ko'makchi bo'lib kelyotgan O'zbekiston “Adolat” social demokratik partiyasi mazkur chempionatning ko'tarinki ruhda, murosasiz kurashlar ostida o'tishida hissasini qo'shdi. Demak, chempion sportchilar bilan tanishamiz.

Klassik  yo'nalish (o'g'il bolalar)

42 kg. Jahongir Eshqo'ziev (Sirdaryo) 

46 kg. Nodirbek Abdimalikov (Farg'ona) 

50 kg. Azizjon Azimjonov (Farg'ona)

55 kg. Hasan Azimov (Toshkent sh.)

60 kg. Oybek Sultonov (Andijon)

65 kg. Nusratbek Sultonboev (Andijon )

71 kg. Farrux Nematov (Toshkent sh)

77 kg. Akmaljon Hakimov (Andijon)

83 kg. Furqat To'lqinov (Toshkent sh.)

90 kg. Asadbek Marupov (Farg'ona)

+90 kg. Muhammad Vahobov (Toshkent v.)

Klassik yo'nalish (qizlar)

44 kg. Odinaxon Imonova (Andijon)

48 kg. Mohigul Ibragimova (Namangan)

52 kg. Nodiraxon Mamajonova (Farg'ona)

57 kg. Ulmikan Uzaqbergenova (Qoraqalpog'iston)

63 kg. Qizlarxon Husanova (Namangan)

70 kg. Umida Aymuratova (Qoraqalpog'iston)

+70 kg. SHirinoy Yuldasheva (Namangan)

Erkin yo'nalish (qizlar)

44 kg. Gulimxon Orenbaeva (Qoraqalpog'iston)

48 kg. Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo)

52 kg. Yulduz Abdullaeva (Sirdaryo)

57 kg. Go'zal Rahmonqulova (Sirdaryo)

63 kg. Mashhura Sunnatillaeva (Navoiy)

70 kg. SHahnoza Bozorova (Navoiy)

+70 kg. Zeboxon Nosirova (Namangan)

Erkin yo'nalish (o'g'il bolalar)

42 kg. Jumaboy Amirov (Navoiy)

46 kg. Jamoliddin Nematullaev (Namangan)

50 kg. Eldor Asadov (Navoiy)

55 kg. Xurrambek Yusufjonov (Namangan)

60 kg. SHohruh Zokirov (Namangan)

65 kg. Asadbek Rahmatov (Andijon)

71 kg. Jumadulla Isroilov (Toshkent v.)

77 kg. Qaxramonjon Omonboev (Andijon)

83 kg. Bobirbek Madaminov (Farg'ona)

90 kg. Islom Turdaliev (Toshkent v.)

+90 kg. Asadbek Zokirov (Farg'ona)

Barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindor polvonlar belbog'li kurash federaciyasi hamda O'zbekiston “Adolat” social demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu mamlakat chempionati joriy yil yoz oylarida Olmaliq shahrida o'tishi rejalashtirilayotgan jahon chempionatiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatli bo'ldi.

Javlon MIRJUMAEV, Guliston IOZMI belbog'li kurash bosh murabbiyi: 

- Musobaqa juda ham ko'taringki ruhda, murosasiz o'tdi. Guliston  ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida tahsil olayotgan shogirdlarimizdan Jahongir Eshqo'ziev, Farangiz Abdinabieva, Yulduz Abdullaeva, Go'zal Rahmonqulovalar faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, jahon chempionatiga yo'llanmani naqd qilishdi. Bundan barchamiz xursandmiz. Nasib etsa, mashg'ulotlarga zo'r berib, jahon chempionatida ham kuchlilar qatorida bo'lishga harakat qilamiz.

 Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing