11 sen 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/3988_220.jpg)
Golovkin Brukni mag'lub etib, chempionlik kamarini himoya qildi
Buyuk Britaniyaning London shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin (36-0, 33 KO) britaniyalik Kell Bruk (35-1, 26 KO)ka qarshi ringga ko'tarildi.
O2 arenasida o'tkazilgan va 12 raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval nihoyasiga etdi. Beshinchi raundda referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. O'z muxlislari ko'z o'ngida jang qilgan Bruk Golovkinning kuchli zarbalariga dosh bera olmadi.
Havola :
Fikrlar