25 fev 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin DAZN bilan kelishib oldi: U birinchi jang uchun 10 million dollar oladi
Qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkin DAZN striming servis bilan kelishuvga yaqin.
Qozog'istonlik bokschi imzolaydigan shartnoma 3-6ta jangni o'z ichiga oladi. Bu janglarda qayd etiladigan natijaga bog'liq bo'ladi. Kelishuvga ko'ra ilk jang bahor faslining oxiri yoki yozning boshida o'tkaziladi. Bu jang uchun Golovkin kamida 10 million dollar gonorar oladi.
Agar Gennadiy bo'lajak jangda g'alaba qozona olsa, kuzda Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi uchinchi jang ham tashkil etilishi mumkin. Buning uchun Alvares 4 may sanasida Deniel Jeykobsni mag'lub etishi kerak. Saulga qarshi o'tkazilishi kutilayotgan eang Golovkinga 30 million dollar keltiradi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar