20 mar 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin faoliyatida ilk bor to'liq 12 raundlik jang o'tkazdi
Qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkin kecha amerikalik Deniel Jeykobsni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Etiborlisi, o'rta vazn toifasida 3ta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Golovkin professional boksdagi faoliyati mobaynida ilk bor to'liq 12 raundlik jangda ishtirok etdi.
Jeykobsga qarshi jangga qadar qozog'istonlik bokschining eng uzoq davom etgan jangi 2015 yilning fevralida qayd etilgandi. O'shanda Gennadiy britaniyalik Martin Myurreyni 11-raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar