19 mar 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Murata bilan bo'lgan sparringi haqida gapirdi
Boks bo'yicha IBF va IBO versiyalariga ko'ra amaldagi jahon chempioni Gennadiy Golovkin bo'lajak raqibi Ryota Murata haqida fikr bildirdi.
"U o'z yurtining faxri, yulduzi. Bu turnir tashkilotchilarini bilaman — hammasi yuqori darajada bo'ladi. Bu ajoyib voqeaning bir qismi bo'layotganimdan juda xursandman. U olimpiya chempioni, amaldagi jahon chempioni, WBA kamari sohibi.
Bizning sparringimiz? Ha, biz avval sparringga tushganmiz, lekin bunga ancha bo'ldi. Bu mashg'ulotlar davomida men Murata bokschilik IQ'si yuqori bo'lgan jiddiy jangchi ekanligini bilib olganman", - dedi Golovkin.
Golovkin va Murata jangi 9 aprel kuni Saitama (Yaponiya)da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar