20 mar 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Nursulton Nazarboevning istefosiga munosabat bildirdi
Kecha Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev o'z lavozimini tark etishini elon qildi.
Qozog'istonlik professional bokschi, o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin Nazarboev haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qozog'iston fuqarosi va o'z yurtimning vatanparvari sifatida birinchi prezidentimizga mustaqil mamlakat uchun rahmat aytaman. Bizning o'z bayrog'imiz, gerb va madhiyamiz bor. Bizda ko'pmillatli, barchamiz sevadigan va fahrlanadigan Qozog'iston bor. Barchasi uchun rahmat Nursulton Abishevich. Sizga sog'liq, yosh mamlakatimizga muvaffaqiyatlar va farovonlik tilayman", - deb xabar qoldirdi bokschi Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/gggboxing
Fikrlar