12 apr 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Sondersga qarshi jangni bekor qilishi mumkin
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBA (Super), IBO, WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin iyun oyiga belgilangan jangini bekor qilishi mumkin.
Qozog'istonlik bokschi faoliyatida ilk bor o'z mamlakatida birlashtiruvchi chempionlik jangini tashkil qilishni maqsad qilgan va bu borada WBO chempioni britaniyalik Billi Jo Sonders bilan kelishuvga ham erishgandi.
Bugun tarqatilgan xabarlarga ko'ra Golovkin sentyabr oyida meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi o'tkazadigan jangi sabab Sonders bilan bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan chempionlik jangini bekor qilishi mumkin. Golovkin Alvares bilan jangga puxta tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar