03 sen 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin va Bruk jangga bir hafta qolganda taroziga chiqishdi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) qoidalariga muvofiq, o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda britaniyalik davogar Kell Bruk jangga bir hafta qolganida tarozidan o'tishdi.
Bokschilar uchun belgilangan vazn meyori 168 funtni (76,2 kg) tashkil qilardi. Golovkinning 162,9 funt (73,9 kg), Brukning esa - 167,8 funt (76,1 kg) vaznga ega ekanligi oydinlashdi.
Takidlash joiz, jangga 30 kun qolganida Golovkin 165 funt (74,8 kg), Bruk esa 176 funt (79,8 kg) tosh bosgan edi. Ushbu chempionlik jangi 10 sentyabr kuni London (Angliya) shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar