18 mar 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin va Jeykobsning kafolatlangan gonorarlari elon qilindi
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC va IBF yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda amerikalik Deniel Jeykobs o'rtasida o'tkaziladi.
Tashkilotchilar bokschilar uchun kafolatlangan gonorar summasini oshkor qilishdi. Unga ko'ra, uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Golovkin 2,5 mln dollarga ega bo'ladi. Jeykobs esa 1,75 mln dollarni qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ularning har ikkisi ham belgilangan vazn (72,6 kg) meyorini bajarishdi. Golovkin 72,4, Jeykobs esa 72,5 kg tosh bosdi.
Havola :
Fikrlar