19 jan 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin WBN tomonidan “Yil bokschisi” deb topildi
Dunyoga mashhur World Boxing News sport jurnali 2017 yilning eng yaxshi bokschisi nomini elon qildi.
Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra qozog'istonlik bir nechta yo'nalishda jahon chempioni Gennadiy Golovkin 2017 yilning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi. Golovkin 48 foiz ovoz bilan so'rovda birinchi o'rinni egalladi.
Ikkinchi o'rin 30 foiz ovozga ega ukrainalik Vasiliy
Lomachenkoga nasib etdi. Kuchli uchlikka superog'ir vaznda mag'lubiyat nimaligini
bilmay kelayotgan WBA, IBO va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua bor yo'g'i 5
foiz ovoz bilan yakun yasadi.
Havola :
Fikrlar