19 fev 13:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin WBO reytingi peshqadamiga aylanib oldi
Professional boksning o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin kecha elon qilingan fevral oyi uchun WBO reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Qozog'istonlik bokschi yanvar oyi reytingida ikkinchi pog'onadan joy olgandi. O'shanda sobiq WBO chempioni Billi Jo Sonders reyting peshqadami edi. Lekin Billi ikkinchi o'rta vazn toifasiga o'tganidan keyin reyting karvonboshiligi Gennadiyga o'tdi.
SHu tariqa Golovkin o'rta vaznda WBO chempioni Demetrius Andreydning kamari uchun rasmiy davogarga aylandi. Andreyd promouter Eddi Xirnning mijozi hisoblanadi. Uning janglari esa DAZN striming servisi tomonidan translyaciya qilinadi. Yaqinda aynan DAZN rahbariyati Golovkinga ikkita jang uchun kafolatlangan 45 million dollar taklif etgandi.
Havola :
Fikrlar