08 iyu 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Golovkin yana ringga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi
Boks bo'yicha o'rta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni, qozog'istonlik Gennadiy Golovkin ringga qaytishi mumkinligini aytdi.
Hozirda u Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
"Ringga qaytish uchun qiziqarli takliflar meni qanoatlantiradimi? Ehtimol. Hech qachon "hech qachon" deb aytmaslik zarur. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Hozir o'z pozociyamdan juda mamnunman va o'zimni yaxshi his qilyapman. Eng yuqori formamdaman. Agar biror taklif bo'lsa, uni ko'rib chiqamiz", dedi Golovkin.
Malumot uchun, Golovkin faoliyati davomida 45 ta jang o'tkazib, 42 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U o'zining so'nggi jangini 2022 yil sentyabr oyida meksikalik Saul Alvaresga qarshi o'tkazgan. Trilogiya maqomidagi ushbu to'qnashuvda Alvaresning qo'li baland kelgan edi.
Havola :
Manba : vesti.kz
Fikrlar