20 mar 18:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning ehtimoliy raqibi malum qilindi
O'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin iyun oyining birinchi o'n kunligida DAZN bilan hamkorlikdagi ilk jangini o'tkazadi.
Matbuotda qozog'istonlik bokschining ehtimolliy raqiblari elon qilindi. Golovkin Evropa chempioni Kamil SHeremeta yoki amerikalik 29 yoshli Brendon Adamsga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin ekan.
Katta ehtimol bilan aynan Adams Gennadiyga raqib bo'ladi. Bu bokschi WBA reytingida uchinchi, WBO reytingida esa ettinchi o'rinni egallab turibdi. Golovkin bir muddat avval DAZN bilan 6ta jangni o'z ichiga oluvchi shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Fikrlar