06 fev 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning joriy yildagi raqiblari malum qilindi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBA (Super), IBO, WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin (36-0, 33 KO)ning joriy yildagi raqiblari nomi malum qilindi.
Qozog'istonlik chempionning asosiy raqibi sifatida meksikalik Saul “Kanelo” Alvares etirof etilyapti. Golovkinning may oyida yana bir meksikalik bokschi Xulio Sezar CHavesga qarshi ringga chiqishi kutilyapti.
Dekabr oyida esa qozog'istonlik bokschi katta ehtimol bilan puertorikalik sobiq jahon chempioni Migel Kotto bilan to'qnash keladi. Golovkin 18 mart kuni Nyu-York shahrida chempionlik kamarlarini Jeykobsdan himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar