27 apr 13:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning sobiq ustozi: Gennadiy ziqna va noshukurga aylanib qoldi
Bir necha kun oldin qozog'istonlik sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin ustozi Abel Sanches bilan hamkorlikni to'xtatganini elon qilgandi.
Abel Sanches sal kam o'n yillik hamkorlik nega tugatilganini malum qildi.
"Men boshqa Gennadiy Golovkin bilan ishlamayman. Salkam o'n yil davomida u bilan ko'p narsaga erishdik, kamarlarga ega chiqdik, rekordlar o'rnatdik, shuxrat zalidan o'rin oldik. Lekin DAZN bilan oltita jang uchun 100 millionlik shartnoma imzolaganidan so'ng biz murabbiylariga juda past miqdordagi shartnoma taklif qildi.
Bu shartnoma mening g'ururimga to'g'ri kelmaydi. Bunday shartnoma meni kamsitish bilan barobar. Men shunday bokschi shu darajada ziqna va noshukurga aylanib qolganidan achinaman", - dedi Abel.
Eslatib o'tamiz, Abel va Golovkin hamkorligi 2010 yilda boshlangandi.
Havola :
Fikrlar