29 sen 12:05
Yangiliklar
Tennis
Grigor Dimitrov o'z vatanida mag'lub etildi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Biroz kutilmaganda dunyoning 23-raketkasi Grigor Dimitrov ikkinchi davra uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bolgariyalik tennis ustasi o'z vatandoshlari ko'z o'ngida reytingning 71-pog'onasidan joy olgan belaruslik Ilya Ivashkaga 3/6, 6/7(3) hisobida yutqazib qo'ydi.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Dimitrov 5, Ivashko esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Ivashko hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Ilyaning 1/4 finaldagi raqibi bugun o'tkaziladigan italiyalik Lorenco Sonego hamda daniyalik Xolger Rune o'rtasidagi bahsdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar