25 jan 13:17
Yangiliklar
Tennis
Uch italiyalik ilk bor Ochiq erada Australian Open 1/8 finaliga chiqdi
Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turnirida qator ahamiyatga molik rekordlar qayd etilmoqda.
Jumladan, italiyalik tennischilar Yannik Sinner, Lorenco Muzetti va Luchano Darderi musobaqaning 1/8 finaliga chiqdi. SHu kungacha zamonaviy tennis Ochiq erasida uch italiyalik tennischi musobaqaning nimchorak finaliga etib kelmagandi.
Uchinchi davrada Yannik Sinner amerikalik Eliot Spiccirrini (4/6, 6/3, 6/4, 6/4), Lorenco Muzetti chexiyalik Tomash Maxachni (5/7, 6/4, 6/2, 5/7, 6/2), Luchano Darderi esa rossiyalik Karen Xachanovni (7/6(5), 3/6, 6/3, 6/4) mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, tennisda Ochiq era 1968 yilning 22 aprelidan hisoblanadi. Avstraliya Ochiq chempionatidagi rekordlar 1969 yildan bu yog'iga hisoblab kelinmoqda.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar