25 okt 11:55
Yangiliklar
Tennis
Guanchjou (WTA). 305-raketka 1/2 finalga chiqdi
Xitoyning Guanchjou shahrida WTA 250 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
WTA reytingida 305-pog'onada borayotgan Kler Lyu shov-shuvli tarzda musobaqaning 1/2 finaliga yo'l oldi. Amerikalik tennischi dunyoning 96-raketkasi bo'lib turgan germaniyalik Ella Zaydelni irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/0, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda Lyu 11, Zaydel 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar va breyklar bo'yicha ustunlik ham Kler tomonida bo'ldi - 6 ga 4 va 6 ga 3 ko'rinishida. Bugun Lyu final chiptasi uchun Yangi Zelandiya vakilasi Lulu Sunga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar