04 avg 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42972_220.jpg)
Frenk Uorren 20 000 dollarga jang huquqini sotib oldi
Britaniyalik promouter Frenk Uorren jahon chempionlik kamari uchun saralash vazifasini o'tab beruvchi jang huquqiga ega bo'ldi.
Uorren Xalqaro boks federaciyasi (IBF) shtab-kvartirasida o'tkazilgan savdoda yarim engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechadigan saralash jangiga egalik qilish va o'tkazish huquqini sotib oldi.
Saralash jangida britaniyalik Kid Galaxad hamda amerikalik Tok Kan o'zaro to'qnash kelishadi. Frenk ushbu jangga 20 000 dollar mukofot puli taklif qildi. Jang g'olibi IBF chempioni Josh Uorringtonga qarshi ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar