08 avg 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Dyubua va Uordli o'rtasidagi ikkinchi jang sanasi malum bo'ldi
Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'rtasidagi ikkinchi jang qachon bo'lib o'tishi ochiqlandi.
Buyuk Britaniya vakillari bo'lgan raqiblar 17 oktyabr kuni superog'ir vazn toifasida WBO kamari uchun yana kuch sinashishadi. Jang o'tkazilishi kutilayotgan eng ehtimoliy joy — Manchester (birinchi jang ham aynan shu erda bo'lib o'tgan edi).
Promouter Frenk Uorrenning so'zlariga ko'ra, jang haqidagi rasmiy elon kelasi hafta amalga oshiriladi.
Eslatib o'tamiz, birinchi jangda Uordli Dyubuani ikki marta nokdaun holatiga tushirgan, biroq davogar o'ziga kelib, 11-raundda texnik nokaut evaziga g'alabani qo'lga kiritgan edi.
SHundan so'ng, Fabio jang shartnomasida ko'rsatilgan zudlik bilan revansh o'tkazish bandini faollashtirdi. Dyubua avvalroq IBF kamariga egalik qilgan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar