24 mar 15:11
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola Evropaning eng kuchli uch jamoasini aytdi: "Arsenal" ham ro'yxatda!
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Londonning "Arsenal" klubi haqida yuqori fikrda ekanini bildirdi.
Angliya liga kubogi finalida "shaharliklar" "kanonirlar" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritishdi. O'yindan so'ng Pep raqibni alohida etirof etdi.
"Biz ushbu g'alabani katta quvonch va mamnuniyat bilan nishonlayapmiz. CHunki "Arsenal" — "Bavariya" va balki "Barselona"ni hisobga olmaganda, hozirda Evropadagi eng yaxshi jamoa", — dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, 22 mart kuni bo'lib o'tgan final bahsida Gvardiola shogirdlari Arteta jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etishdi.

Havola :
Fikrlar