23 fev 17:39
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola: "Hayotligimda hech kim APLni ketma-ket to'rt marta yutmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar" uning qo'l ostida erishgan yutuqlarning ahamiyatini qayd etdi.
"Hech kim Angliya Premer-ligasida 100 ochko jamg'ara olmaydi va ketma-ket to'rt bor yuta olmaydi. Bu hayotligimda ro'y bermaydi, afsus", — dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" APLning 2017/18 yilgi mavsumida 100 ochko jamg'argan. "SHaharliklar" shuningdek 2020/21 yilgi mavsumdan beri chempion bo'lib kelishdi.
Gvardiola jamoasi bugun, aniqrog'i 23 fevral kuni APLning 26-turida "Liverpul" bilan to'qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar