03 sen 12:47
Yangiliklar
Gvardiola Holandning o'yiniga baho berdi
"Angliya Superkubogi o'yinidan keyin Holandning o'yini falokat deb ataldi va endi u Premer-ligada o'zini ko'rsatmoqda. Lekin men bashoratchi emasman, shuning uchun ertaga nima bo'lishini aytolmayman. Biz Erlingning Angliyaga tez moslashib ketganidan xursandmiz. Bu nafaqat uning o'yini, balki murabbiylar shtabining ishi. Murabbiylar yangi kelganlarga moslashishda yordam berishadi. "Siti"ning boshqa futbolchilari ham ajoyib o'yin ko'rsatishyapti. Erling bor-yo'g'i 22 yoshda, shuning uchun u APLda yuqori yuklamalar bilan bog'liq muammolarga duch kelmaydi", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
22 yoshli Holand joriy mavsum "Manchester Siti" tarkibida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar