So’nggi yangiliklar

18:40Жо Роган: "Ислам Махачев шу якшанба куни фаолиятини якунлаши мумкин" 0 18:16Чирчиқ спорт мактаби боксчилари Ўзбекстон кубогида иккита медаль қўлга киритишди 0 17:45"Барселона" Родри трансфери бўйича "Манчестер Сити"га янги таклиф юборди 0 17:14UFC янги мега тадбирга тайёргарлик кўрмоқда 0 16:43President's Cup. Саккизинчи ракеткани мағлуб этган Султонов 1/4 финалга чиқди 0 16:12Махачев Илия Топуриянинг қайтишига ишонмоқда 0 15:48"Галатасарой" Бразилия терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзоламоқчи 0 15:16Собиқ UFC чемпиони Дэйвесон Фигередуга жанг тайинланди 0 14:51Дана Уайт саралаш шоусининг 10-мавсуми бошланди: тўрт жангчи UFC`дан шартнома олди 0 14:20Теремоана: "Ўзбекистонлик Олимпиада чемпиони мендан мушукдек қочиб юрган" 0 13:42"Барселона" футболчиси хочсимон боғламacи узилгани сабабли ярим йилга сафдан чиқди 0 13:17Йен Мачадо Гэрри: "Махачевнинг рақиблари меникичалик хавфли бўлмаган" 0 12:45President's Cup. Сергей Фомин ғалаба билан бошлади 0 12:12Дана Уайт UFC жангчисининг фожиали вафоти ҳақида илк бор фикр билдирди 0 11:46Гвардиола Моуриньо ҳақидаги сериалда ягона шарти бажарилмагани учун суратга тушмади 0

24 noy 13:26
Yangiliklar

Futbol

Gvardiola kechagi 0:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Kecha "Manchester Siti" klubi o'z maydonida "Tottenxem"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Mag'lubiyatdan so'ng mezbonlar ustozi Pep Gvardiola o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

"Ayni vaqtda bizning himoyamiz juda kuchsiz. O'yinni doimgidek yaxshi boshladik. Biroq golli vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, aksincha o'z darvozamizdan gol olib chiqdik.

Biz sakkiz yil ichida hech qachon bunday holatga tushmaganmiz. Endi biz bundan chiqib ketishimiz va keyingi bahsda g'alaba qozonishimiz shart. Hozir bizning hayotimizda "qora" chiziqlar bor, biroq bir necha haftadan so'ng barchasi boshqacha bo'lishi mumkin.

Futbolchilarning holati ham yaxshi emas deb o'ylayman. Ular ham mag'lubiyatlardan so'ng bosim ostida qolishmoqda. Bu normal holat deb o'ylayman. Agar ular va men bu holatdan havotir olmasam, bu normal holat bo'lmaydi. Biz bunday mag'lubiyatlarga o'rganmaganmiz, biroq bu hayot. Bazida shunday vaziyatlar bo'lib turadi. Biz bu holatdan chiqib ketamiz", — dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, jamoa so'nggi beshta uchrashuvida mag'lub bo'ldi. "Man Siti"ning APLdagi navbatdagi raqibi "Liverpul" bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing