14 sen 11:10
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola: "Manchester Siti" men kelganimdan beri har doim "Manchester Yunayted"dan kuchliroq bo'lgan
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 4-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men kelganimdan beri biz ulardan kuchliroq bo'lganmiz. Doim. O'n yil, to'qqiz yil davomida biz har doim MYUdan yaxshiroq bo'lganmiz. Biz ularga qarshi uchrashuvlardajuda ko'p ochko to'plaganmiz.
Ular bizni mag'lub qila oladimi? Albatta. Ertaga mag'lub bo'lishni xohlaymizmi? Yo'q. CHunki bizga ochkolar kerak, ikki o'yinlik mag'lubiyat seriyasini buzishimiz va g'alabali seriyaga chiqib olishimiz lozim", - dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bahs bugun 20:30 da start oladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar