24 avg 14:51
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti"ning 115ta qoidabuzarligi haqida gapirdi
2023 yilning fevralida APL "Siti"ni 2009/10 mavsumdan 2017/18 mavsumgacha bo'lgan davr mobaynida turli xil moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblagan edi. Oldinroq, klub qoidabuzarliklarini o'rganish uchun mustaql qo'mita sentyabr o'rtasi yoki oxirida ish boshlashi elon qilingan edi.
Bundan tashqari, "Siti" Premer-ligani sudga berib, yangi moliyaviy qoidalar bo'yicha sudlashayotgan edi.
"Qo'mita ishi tez orada boshlanishidan va buning barchasi tezroq yakunlanishidan xursandman. Mustaqil qo'mita barcha malumotlarni oshkor qilishini xohlayman va biz uni har doimgidek qabul qilishga tayyormiz.
Bu jamoaga tasir qiladimi? Yo'q. Ushbu narsalar 3 yoki 4 yildan beri muhokama qilinyapti" - dedi "Siti" bosh murabbiyi.
Fikrlar