02 fev 18:23
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola matbuot anjumanida Abduqodir Husanovning holati haqida fikr bildirdi
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola Abduqodir Husanov CHelsiga qarshi uchrashuvdan so'ng tiklanib olgani haqida fikr bildirdi.
«Qanchadan qancha TOP himoyachilar Husanovdek xatolarga yo'l qo'yadi. Men «CHelsi»ga qarshi uchrashuvdagi xato uchun Husanovni ayblamoqchi emasman.
Men uni na jamoadoshlari oldida, na shaxsan o'zini tanqid qildim. U atigi 1 marta mashg'ulot o'tkazib, «CHelsi»ga qarshi o'ynadi. Yangi jamoada, boshqa tilda suhbatlashiladigan mamlakatda.Bunday sharoitda men ham APLda debyut qilsam, menga yordam berishlarini istardim.
Hozirda Husanov bilan barchasi joyida. U mashg'ulotlarda ajoyib tarzda ishladi. U bor etiborini ishga qaratgan. Barchasi joyida», — deb fikr bildirdi Gvardiola.
Havola :
Manba : City Xtra
Fikrlar