So’nggi yangiliklar

21:17Навбаҳор Ҳамидова проф боксда ғалабали дебют қилди 0 17:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда 0 17:17Менежер: "Усик истаган вақтида ва истаган рақибга қарши жанг қилади" 0 16:39"Топурия учта тоифада чемпион бўла олиши мумкин" - UFC собиқ жангчиси 0 16:16Жейк Пол "Жағим синган, аммо миям жойида" 0 15:40City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди 0 15:17Наоя Иноуэ ва Пикассо ўзаро жанг олдидан тарозига чиқди 0 14:53Деонтей Уайлдер: "Шубҳасиз, у билан жанг қиламан" 0 14:3216 йил қамоқда ўтирган 52 ёшли боксчи фаолиятидаги илк мағлубиятни қабул қилиб олди 0 14:11Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди 0 13:50Шон О`Мэлли: "Шуга Оқ уйда Янга, Америка эса Россияга қарши! Бу мантиқан тўғри" 0 13:29Икки грузин Мадридда учрашиб қолди + ФОТО 0 13:08Энтони Жошуа Жейк Пол билан жангдан сўнг мухлисларга мурожаат қилди 0 12:47"Реал" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:26Бен Аскрен: "Усман Махачев билан жангга лойиқ эмас!" 0

24 fev 16:53
Yangiliklar

Futbol

Gvardiola oldida katta tanlov: "Siti"da qolish yoki yangi chaqiruvni qabul qilish

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola amaldagi shartnomasiga qaramay, jamoani tark etishi mumkin.

"El Nacional" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klublaridan biri kataloniyalik murabbiyga kelajagini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin bo'lgan rekord taklif bilan chiqdi.

Gvardiola Angliyadagi to'qqizinchi mavsumini o'tkazmoqda, u zamonaviy futboldagi eng yaxshi jamoalardan birini qurgan. Biroq "Siti" ushbu mavsum qiyinchiliklarga duch kelyapti. CHempionlar Ligasida "Real"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat va Premer-ligadagi muvaffaqiyatsizliklar Pep klub uchun eng yaxshi variant bo'lib qolishida shubhalarni kuchaytirdi.

Bunday sharoitda Saudiya Arabistoni vaziyatdan foydalanib qolishga tayyor. Mahalliy klub Gvardiolaga murabbiylar tarixidagi eng katta shartnoma taklif qildi, bu uning "Siti"dagi hozirgi maoshidan sezilarli darajada katta. Mamlakat aynan u tufayli chempionatini yangi bosqichga ko'tara olishiga ishonadi.

Gvardiola hali yakuniy qarorga kelgani yo'q, ammo uning ketishi ehtimoli "Siti"da xavotir uyg'otmoqda. Klubdagilar hali ham murabbiyga ishonadi, ammo noaniqlik muhiti kuchayib bormoqda.

"Manchester Siti" 26 turdan keyin 44 ochko bilan APLda 4-o'rinda bormoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing